Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya Zaporoje va Xerson viloyatlari mustaqilligini tan oldi

Rossiya Zaporoje va Xerson viloyatlari mustaqilligini tan oldi

Foto: RBK

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Zaporoje va Xerson viloyatlari mustaqilligi tan olinganligi to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi, deb xabar berdi TASS.

Farmonda ta’kidlanishicha, Putin xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari va me’yorlariga muvofiq ushbu qarorni qabul qilgan.

Rossiya Donetsk va Lugansk mustaqilligini shu yilning fevralida tan olgan edi.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qilishicha, bugun, 30-sentyabr kuni Moskva vaqti bilan soat 15:00 da Putin Kremlda Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporojening Rossiya tarkibiga kirishi to‘g‘risidagi hujjatlarni imzolaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring