Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya vaksinasi sinovda qatnashganlarning 100 foizida immunitet hosil qildi

Rossiya vaksinasi sinovda qatnashganlarning 100 foizida immunitet hosil qildi

Foto: «Gazeta.Ru»

Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi (RFPI) rahbari Kirill Dmitriyev mamlakatning ko‘ngillilarda sinalayotgan vaksinasi natijalarini ma’lum qildi. Bu haqda «Kp.ru» xabar berdi.

Dmitriyev CNN telekanaliga intervyusida aytishicha, tadqiqot natijalariga ko‘ra, mutaxassislar ko‘ngillilarning 100 foizida «COVID-19»ga qarshi immunitet hosil bo‘lganini qayd etishgan.

«Sinovlarning birinchi va ikkinchi bosqichlari ko‘ngillilarning 100 foizida dori qabul qilinganidan so‘ng 21-kuni immunitet shakllanganini ko‘rsatdi», — dedi Dmitriyev .

Ta’kidlanishicha, olingan natija ikkinchi urinishdan so‘ng ikki hissa ko‘payadi. Sinalayotgan vaksina hayvonlarda ham yaxshi natija bergan, ularning ham barchasida (100 foiz) immunitet ishlab chiqilgan.

Vaksina tafsilotlari qachon oshkor qilinishi haqidagi savolga Dmitriyev katta ehtimol bilan avgust oyida, deya javob qaytargan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring