Rossiya egallab olgan hududlar ommaviy referendumga tayyorlanmoqda

Ukrainaning Lugansk viloyatida tan olinmagan LXR rahbari Leonid Pasechnik «Lugansk Xalq Respublikasining Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shilish masalasi bo‘yicha referendum o‘tkazish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.
Qonun matni respublika rahbarining rasmiy veb-saytiga joylashtirildi.
Qonunning 17-moddasida «ushbu qonun Lugansk Xalq Respublikasi Xalq Kengashi va/yoki Lugansk Xalq Respublikasi rahbarining rasmiy veb-saytida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi», deyilgan.
Referendum sanasi 23-27-sentyabr kunlariga belgilanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda Ukrainaning Rossiya egallab olingan hududlarida referendumlar masalasi kun tartibiga chiqmoqda.
Jumladan, Xerson viloyati muvaqqat rahbari ham ushbu masala yuzasidan murojaat yo‘llagan.
Bundan tashqari tan olinmagan DXR rahbari Denis Pushilin ham Rossiya qo‘shilish bo‘yicha referendum loyihasini deputatlarga taqdim etgan.
Ta’kidlash joizki, sentyabr oyining birinchi o‘n kunligida rus armiyasi Xarkov viloyatida qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi, Ukraina tomoni minglab kvadrat kilometr hududlar qaytarilganini e’lon qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter