Rossiya Turkiya bilan parvozlarni to‘xtatdi

Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha shtab qaroriga binoan Rossiya Turkiya bilan avia qatnovlarni to‘xtatdi.
«Biz Rossiyaning xalqaro aeroportlaridan Turkiya aeroportlariga 15 apreldan 1 iyungacha bo‘lgan muddatda muntazam va charter reyslarni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qildik», dedi Rossiya hukumati rahbarining o‘rinbosari Tatyana Golikova.
Qayd etilishicha, Turkiyada epidemiologik vaziyat keskin yomonlashmoqda. Ushbu mamlakatdan Rossiyaga koronavirusning yangi shtammlarini yuqtirib, olib kelgan odamlar aniqlangan.
Rossiya o‘tgan bahorda koronavirus pandemiyasi boshlanganidan keyin Turkiya bilan parvozlarni to‘xtatgan, 2020 yil 1 avgustdan boshlab parvozlar qayta tiklangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter