Rossiya tomonida urushganlar fuqarolikdan mahrum qilinadi — Moldova prezidenti
Moldova prezidenti Mayya Sandu Rossiyaning Ukrainadagi urushida qatnashmoqchi bo‘lgan moldovanlarni ogohlantirdi.
«Dnestrbo‘yiliklar Rossiya armiyasi safiga jalb etilayotgani haqida ma’lumot yo‘q. Lekin ehtimoli bor. Buning oldini olish uchun Moldova hukumati urushda qatnashganlarni fuqarolikdan mahrum etish masalasi ustida ishlayapti», — dedi Sandu.
Moldova prezidenti ta’kidlashicha, birinchi navbatda urushda qatnashgan ikki fuqarolikka (Moldova va Rossiya) ega shaxslar mamlakat fuqaroligidan mahrum etiladi.
21-sentyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin qisman safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni imzolgan edi. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu farmon doirasida 300 ming kishi urushga jalb etilishini ma’lum qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter