Rossiya TIV rahbari O‘zbekistonga kelyapti
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov 28-29 oktyabr kunlari amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.
Lavrovni O‘zbekiston Prezidenti qabul qilishi, shuningdek, u mamlakat TIV rahbari Baxtiyor Saidov bilan ham muzokaralar olib borishi rejalashtirilgan.
Muloqot chog‘ida asosiy e’tibor Rossiya-O‘zbekiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish masalalariga, birinchi navbatda, joriy yilning 26-28 may kunlari bo‘lib o‘tgan Rossiya Federatsiyasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga.davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirishga doir hamkorlik masalalariga qaratiladi.
Ikki tomonlama kun tartibi hamda tomonlarni qiziqtirgan dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar ana shu nuqtai nazardan ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.
Rossiyaning O‘Zbekistondagi elchixonasi xabariga ko‘ra, shu bilan birga, O‘zbekistonning YeOIIda kuzatuvchi maqomini hisobga olgan holda Yevroosiyo integratsiyasi jarayonlarini diplomatik qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ham fikr almashiladi.
Shuningdek, Lavrovning O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan suhbati rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter