Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya Osiyo futbol konfederatsiyasiga o‘tishi mumkin

Rossiya Osiyo futbol konfederatsiyasiga o‘tishi mumkin

Rossiyada Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC)ga o‘tish masalasi muhokama qilinadi. Rossiya futbol ittifoqi (RFI) ijroiya qo‘mitasining yaqin kunlardagi yig‘ilishida ushbu masala ko‘rib chiqiladi.

«Hozir bu biz ko‘rib chiqishimiz kerak bo‘lgan imkoniyat. Uni ijroqo‘mda ko‘rib chiqamiz. Bu haqda hali Osiyo vakillari bilan gaplashmadim, chunki bizni yevropaliklar oilasiga mansub deb hisoblovchi UEFA bor. Hamkorligimiz davom etmoqda», — RFI rahbari Aleksandr Dyukovdan iqtibos keltirdi RIA Novosti.

Dyukov RFI rossiyalik sportchilarning manfaatlarini sudlarda himoyalashda davom etishini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning 28-fevralida FIFA va UEFA Ukrainadagi voqealar tufayli Rossiya terma jamoalari va klublarini xalqaro musobaqalardan chetlatgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring