Qirg‘iziston ham Rossiya borasida fuqarolarini ogohlantirdi
Qirg‘iziston TIV Rossiyaga kirish uchun muhim sabablari bo‘lmagan fuqarolardan ushbu mamlakatga sayohat qilishdan vaqtincha voz kechishni so‘radi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytiladi.
Shu bilan birga, Qirg‘iziston hozircha Rossiyaga kirishda ommaviy ravishda rad etish holatlari haqida xabarlar bo‘lmaganini ta’kidladi.
Avvalroq Tojikiston hukumati fuqarolarni Rossiyaga sayohat qilishdan vaqtincha voz kechishni tavsiya qilgan edi. Rossiya chegaralarida tojikistonliklar to‘planib qolayotgani haqida ma’lumotlar e’lon qilindi. Shuningdek, Tojikiston rus elchisiga norozilik notasi topshirdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 mart kuni Moskva viloyatidagi Crocus City Hall’dagi terakt oqibatida Rossiyada Markaziy osiyoliklarga qarshi tekshiruvlar kuchaya boshladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter