Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya Odessaga raketa zarbalari berdi. Qurbonlar orasida uch oylik chaqaloq ham bor

Rossiya Odessaga raketa zarbalari berdi. Qurbonlar orasida uch oylik chaqaloq ham bor

Bugun, 23 aprel kuni tushdan keyin Rossiya harbiylari Ukrainaning Odessa shaharga qanotli raketalar bilan hujum qildi.

Odessa rasmiylarining xabar berishicha, ikkita raketa harbiy ob’yektga, ikkitasi turar-joy binolariga tushgan. Ukraina havo mudofaasi tomonidan yana ikkita raketa urib tushirilgan.

Hujum natijasida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, besh kishi halok bo‘lgan, 18 kishi yaralangan. Halok bo‘lganlar orasida uch oylik chaqaloq ham bor.

Rasmiylar qurbonlar soni ko‘proq bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring