Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya Ma’muriy huquqbuzarliklar kodeksiga faqat jahon chempionati uchun vaqtinchalik modda qo‘shildi

Rossiya Ma’muriy huquqbuzarliklar kodeksiga faqat jahon chempionati uchun vaqtinchalik modda  qo‘shildi

Foto:53 Novosti

Rossiya Federatsiyasining Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksiga birinchi marotaba vaqtinchalik modda qo‘shildi.

Vaqtinchalik modda 2018-yilda Rossiyada o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati o‘yinlariga noqonuniy chiptalar sotilishi bilan bog‘liq bo‘lib, fuqarolarga o‘yinlarga kirish biletining 20 baravaridan 25 baravarigacha bo‘lgan miqdorda, tashkilotlarga esa 1 mln. rubl miqdorida jarima solinishi va 3 oygacha faoliyatini ta’qiqlab qo‘yish jazosi ko‘zda tutilmoqda.

Ushbu vaqtinchalik moddaning amal qilishi Jahon chempionati yakuniga yetishi bilan tugatiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring