Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya hukumati raisi Abdulla Aripovga minnatdorchilik bildirdi

Rossiya hukumati raisi Abdulla Aripovga minnatdorchilik bildirdi

Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan telefon orqali muloqotda bo‘ldi.

Rossiya hukumatiga oid yangiliklar tarqatiladigan portalda xabar qilinishicha, Mixail Mishustin koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda lozim bo‘lgan tibbiy himoya niqoblari va boshqa mahsulotlar yetkazib berilgani uchun O‘zbekiston hukumatiga minnatdorchilik bildirgan va ushbu gumanitar yordam yana bir bor Rossiya-O‘zbekiston hamkorligini tasdiqlashini bildirgan.

Abdulla Aripov o‘z navbatida Rossiya tomonidan O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini aniqlashda qo‘l keladigan test-tizimi tezkorlik bilan yetkazilgani va rossiyalik epidemiolog-mutaxassislar bilan muntazam ravishda videoaloqa orqali konsultatsiya o‘tkazilayotganini e’tirof etdi.

Shu bilan birga hukumatlar rahbarlari O‘zbekiston-Rossiya iqtisodiy aloqalari mavzusida ham suhbatlashib oldilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring