Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya hujumidan butun boshli oila nobud bo‘ldi

Rossiya hujumidan butun boshli oila nobud bo‘ldi

Ukrainaning Xarkov shahrida Rossiyaning uchuvchisiz samolyoti zarbasi natijasida yonib ketgan uylardan birida besh kishilik oila halok bo‘ldi.

«Xususiy turar-joy binolaridan birida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 5 kishidan iborat butun oila halok bo‘ldi: er va xotin hamda ularning uch farzandi: yetti yoshli, to‘rt yoshli va yetti oylik bola», dedi viloyat harbiy boshqarmasi boshlig‘i Oleg Sinegubov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, boshqa uyda 66 yoshli fuqaro va uning 65 yoshli rafiqasi o‘ldirilgan.

Shanbaga o‘tar kechasi Xarkovdagi yoqilg‘i quyish shoxobchasiga uchta xudkush-terrorchi hujum qildi – bu zarba natijasida yoqilg‘i to‘kilib ketdi va katta yong‘in boshlandi. 15 ga yaqin xususiy turar-joy binolari yonib ketdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring