Rossiya hududiga raketa hujumi qurbonlari soni ortdi
12 may kuni ertalab havo hujumidan mudofaa vositalari bilan qaytarilgan «Tochka-U» raketasining bir bo‘lagi o‘n qavatli turar-joy binosiga kelib urilgan va uyning bir qismi qulashiga olib kelgandi.
Vayronalarni tozalash ishlari yakunlandi, deb xabar berdi Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligi.
«Mutaxassislar 17 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lishdi. Afsuski, 15 kishi halok bo‘ldi, ular vayronalar ostidan olib chiqildi», — deyiladi FVV xabarida.
12 may kuni kechqurun ham Belgorodga raketa hujumi uyushtirilgan. Natijada uch kishi — 17 yoshli qiz, ayol va erkak halok bo‘lgan. Yana besh kishi — to‘rt erkak va bir ayol jarohatlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter