Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya fuqaroligi bo‘lgan muhojirlar urushga jo‘natiladi. Bu borada qonun loyihasi ishlab chiqilgan

Rossiya fuqaroligi bo‘lgan muhojirlar urushga jo‘natiladi. Bu borada qonun loyihasi ishlab chiqilgan

Rossiya fuqaroligini olgan O‘rta Osiyo va Kavkazorti davlatlaridan kelgan muhojirlarni Ukrainadagi urushga yuborish qonuniylashtirilyapti. Bu haqda Rossiya davlat Dumasi deputati, kommunistik partiya a’zosi Mixail Matveyev ma’lum qildi.

U, shuningdek, muhojirlardan urush ketayotgan hududlardagi qurilish ishlarida ham faol foydalanish mumkinligini ta’kidlagan.

«Mening tashabbusim bilan Rossiya fuqarolari va Rossiya fuqaroligi bo‘lgan muhojirlar harbiy burchni o‘tashda tenglashtirilyapti. Shuningdek, mahalliychilik qilib harbiy intizomni buzmasliklari uchun biz safarbarlik va harbiy xizmatga chaqirish jarayonida ularning har bir bo‘limda 2 yoki 3 nafardan ko‘p bo‘lmasligini taklif qilganmiz.

Bundan tashiari, ulardan urush hududlaridagi qurilish ishlarida ham foydalanish mumkin», – deb yozadi u o‘zining Telegram kanalida. 

Deputat ikki fuqarolikka ega bo‘lganlar haqida ham to‘xtalib, ularning muddatli harbiy xizmatga chaqirilmasligini ham ma’lum qilgan.

«Ular faqat shartnoma asosida RF Qurolli Kuchlari safiga qo‘shilish uchun ko‘ngilli bo‘lishlari mumkin», – degan u.

Dumasi deputati mazkur hujjat loyihasi atrofidagi salbiy izohlarga munosabat bildirib, hukumat tez orada bunday qarashdagi kishilarga keskin choralar ko‘rmasa, «Rossiya davlatchiligiga dushman bo‘lgan haqiqiy beshinchi kolonnaga ega bo‘lishi mumkin»ligini ta’kidlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring