«Rossiya Federatsiyasining Ukrainadagi maxsus operatsiyada g‘alaba qozonishi uchun to‘liq safarbarlik zarur» – Deputat Mixail Sheremet
Rossiya Ukrainadagi urushda g‘alaba qozonish uchun umumiy safarbarlik e’lon qilishi zarur. Bu haqda Rossiya Davlat Dumasi xavfsizlik qo‘mitasi a’zosi Mixail Sheremet ma’lum qildi.
«To‘liq safarbar qilinmasdan, harbiy asosga, jumladan, iqtisodiyotga o‘tmasdan, biz kerakli natijalarga erisha olmaymiz. Men bugungi kunda jamiyatni iloji boricha birlashtirish va g‘alaba uchun birlashish kerakligi haqida gapiryapman», — dedi Davlat Dumasi xavfsizlik qo‘mitasi a’zosi Mixail Sheremet.
Davlat Dumasi ko‘p bolali ota-onalarga «safarbarlik kadrlar zaxirasiga» kirishga ruxsat berishni taklif qildi. Deputatlar harbiy tarkibga kirish faqat ixtiyoriy bo‘lishini va’da qilmoqda.
Avvalroq, Federatsiya Kengashining Rossiya Federatsiyasi davlat suverenitetini himoya qilish komissiyasi rahbari Andrey Klimov safarbarlikka ehtiyoj yo‘qligini aytgandi. Xuddi shunday fikrni Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham bildirgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter