Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya. Korrupsiyaga aralashib qolgan deputatlar aniqlandi

Rossiya. Korrupsiyaga aralashib qolgan deputatlar aniqlandi

Foto: «Shutterstock»

Rossiyaning Primore o‘lkasi prokurori vazifasini bajaruvchi Vyacheslav Shaybekovning aytishicha, o‘tgan bir yilning o‘zida hududda olti yarim mingga yaqin qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Bu haqda «Life» yozmoqda.

Shundan korrupsiyaga bog‘liq holatlar to‘rt mingtadan oshadi. Eng yomoni, mahalliy kengash deputatlaridan o‘ttiz nafaridan ko‘prog‘i korrupsiyaga aralashib qolgan... Ularning vakolatlari muddatidan avval tugatildi. Biroq bu 2017-yilga qaraganda bir muncha ijobiy ko‘rsatkich. Negaki, avvalgi yili ularning soni 42 nafarni tashkil etgan edi.

O‘lkada 2018-yilda ikki mingga yaqin mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgani e’tiborga olinsa, mansab va mansabdorlikka oid jinoyatlar hamda poraxo‘rlik darajasi nechog‘liq ekanini tasavvur qilish qiyn emas. Rost-da, deputatlarki poraning oldida o‘zligini yo‘qotib qo‘yar ekan, amaldorni qo‘yavering.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring