Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya COVID cheklovlarini bekor qilib, chegaralarini butunlay ochmoqda

Rossiya COVID cheklovlarini bekor qilib, chegaralarini butunlay ochmoqda

Rossiya 9 apreldan boshlab koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash bo‘yicha qo‘yilgan barcha cheklovlarni olib tashlaydi va aviaqatnovlarni qayta tiklaydi. Bu haqda rus bosh vaziri Mixail Mishustin ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, Rossiya yana 52 ta mamlakat bilan charter va doimiy qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Ularning orasida Argentina, Hindiston, Xitoy, JAR va boshqalar bor.

Eslatib o‘tish kerak, 11 martdan Rossiya COVID-19 cheklovlarni bekor qilib, bir qator mamlakatlar uchun o‘z chegaralarini ochgandi. Ularning orasida O‘zbekiston ham bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring