«Rossiya 1» telekanali tomonidan Xorazm haqida ko‘rsatuv suratga olindi
Shu yilning 14-16 fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Turizmni riojlantirish davlat qo‘mitasi taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasining «Rossiya 1» telekanali xodimlari Xorazm viloyatiga tashrif buyurishdi. Xorazmda Mark Bogatiryov boshlovchiligidagi «Po sekretu vsemu svetu» teleko‘rsatuvining galdagi soni suratga olindi. Bu haqda Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ijodkorlar ikki kun davomida Xorazmning qadimiy an’analari va to‘y marosimlariga guvoh bo‘lishdi, Xorazmcha kelin salom an’anasi, milliy taom tayyorlanish jarayoni, misgarlik va naqqoshlik maktablari faoliyati, Xiva shahridagi «Nurillaboy saroyi», «Ichan qala» davlat muzey qo‘riqxonasi obidalari suratga olindi.
Tasvirga olish jarayonida ijodkorlar oddiy aholi uylarida mexmon bo‘lishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter