Rossiya 1-apreldan kungaboqar yog‘i eksporti uchun bojni oshiradi
Rossiyadan eksport qilinadigan kungaboqar yog‘i uchun boj 2022-yilning 1-aprelidan $313 gacha oshiriladi. Bu haqda RF qishloq xo‘jaligi vazirligiga asoslanib TASS xabar berdi.
Kungaboqar yog‘i eksporti uchun boj miqdori 2022-yilning 1-martida $260,1 edi.
Boj miqdori 1 tonna uchun — 1447,2 dollar indikativ narx (mahsulotning eksport/import qilinish paytidagi narxi)dan kelib chiqib hisoblangan.
RF hukumati kungaboqar yog‘i uchun 2021-yilning 1-sentyabridan 2022-yilning 31-avgustiga qadar 70 foizlik suzuvchi eksport bojini joriy etgandi.
Hozir Rossiyadan YOII tashqarisiga eksport qilinuvchi kungaboqarga eksport boji ishlamoqda. RF hukumati shu tarzda eksport hajmini tartibga solish va bozor ishtirokchilarini yuqori qo‘shimcha qiymatga ega qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishga yo‘naltirmoqchi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter