Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada qamoqxona xodimlarini garovga olganlar yo‘q qilindi

Rossiyada qamoqxona xodimlarini garovga olganlar yo‘q qilindi

Rossiyada qamoqxona xodimlarini garovga olganlar yo‘q qilindi. 

OAVga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari xodimlari Rostov-Don shahridagi 1-sonli tergov izolyatoriga bostirib kirgan. U yerda olti mahbus ikki nafar hibsxona xodimini garovga olib, ularni transport bilan ta’minlashni talab qilgan.

Bosqinchilar hujum paytida o‘ldirildi, garovga olinganlar ozod qilindi.

«Rossiya Jazoni ijro etish federal xizmatining Rostov viloyatidagi 1-sonli tergov hibsxonasida garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha maxsus operatsiya davomida jinoyatchilar yo‘q qilindi, garovda bo‘lgan xodimlar ozod qilindi va jabrlanmadi», — deyiladi matbuot xizmati xabarida. Bu haqda Rossiya Jazoni ijro etish federal xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi «RIA Novosti».

Rasmiy xabardan bir necha daqiqa oldin «Kommersant» muxbiri tergov izolyatori hududida o‘q uzilganini xabar qilgan. Ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, otishmadan so‘ng hududga tez yordam mashinalari kiritildi.

Shot Telegram kanaliga ko‘ra, barcha bosqinchilar tez yordam kelguniga qadar halok bo‘lgan. Hozirda ularning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz,  avvalroq Rostovda mahbuslar qamoqxona xodimlarini qo‘lga olgani xabar qilingandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring