Ronaldu: Messining kechagi sovrini haqida...
Kecha «Barselona» klubi va Argentina terma jamoasi yulduzi Lionel Messi FIFA tomonidan yilning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgani haqida xabar bergandik.
U sovringa da’vogarlar — Virjil van Deyk («Liverpul», Niderlandiya) va Krishtianu Ronalduni («Yuventus», Portugaliya) ortda qoldirdi.
Negadir besh karra «Oltin to‘p» sohibi Krishtianu Ronaldu «FIFA The Best» taqdirlash marosimiga bormadi, holbuki u yilning ramziy jamoasiga qabul qilingan, eng yaxshi o‘yinchi bo‘lish uchun uch nomzoddan biri edi. Buning ustiga marosim Milanda — Ronaldu hozir yashayotgan Turindan bir-ikki soatlik masofada bo‘lib o‘tdi.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Ronalduning marosimga bormagani uning boshqa ishlar bilan chalg‘iganini anglatmaydi: FIFA Messini «eng yaxshi» deb topishi bilan «Instagram»da Krishtianu Ronaldu o‘ziga xos javob qoldirdi. Ilova qilingan suratda esa Ronaldu kitob o‘qiyapti...
«Bardosh va qat’iyat — professionalni havaskordan ajratib turuvchi ikki asosiy farq shu. Bugun juda buyuk ko‘ringan narsalar aslida mayda narsalardan boshlangan. Hammasini uddalay olmasligingiz mumkindir, ammo orzularingiz ro‘yobga chiqishi uchun qo‘lingizdan kelganini qilasiz. Va tun o‘tib, yana tong otishini aslo unutmaysiz», — deb yozdi Krishtianu Ronaldu.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter