Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronaldino ozod etildi

Ronaldino ozod etildi

Foto: EPA

Braziliyalik futbol yulduzi Ronaldino tez orada vataniga qaytadi. Paragvay sudi sobiq futbolchi va uning akasiga shartli qamoq jazosi belgiladi. Bundan tashqari, aka-ukalar 200 ming dollar jarima to‘lashadi.

«ABC Color» xabariga ko‘ra, Ronaldino va akasi o‘z vatanlariga qaytganlaridan so‘ng sud organiga vaqti-vaqti bilan borib qayd etilib turishlari shart. Agarda chet elga chiqishmoqchi bo‘lishsa, oldindan hukumatning tegishli organlariga xabar berishlari lozim.


Mavzuga oid: 40 yoshini qamoqda kutib olayotgan Ronaldino haqida (foto)


Eslatib o‘tamiz, Paragvayga qalbaki pasport bilan kirishga uringan Ronaldino va akasi Roberto 2019-yilning mart oyida hibsga olingan edi. Keyinchalik hukm chiqquniga qadar sud ularning uy qamog‘ida qolishlariga ruxsat bergandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring