Qoraqalpog‘istondagi tartibsizlikda gumonlangan 38 kishi ozodlikka chiqarildi
Joriy yil iyul oyi boshida sodir bo‘lgan Qoraqalpog‘istondagi tartibsizliklarda ishtirok etganlarning 38 nafari Jo‘qorg‘i Kenges raisi iltimosnomasi va deputatlar kafolati ostida oilasi bag‘riga qaytarildi.
Tartibsizliklarda ishtirok etganlikda gumonlanib, tergovga jalb qilingan ushbu fuqarolarning sin ko‘ngildan pushaymonligi hamda oila a’zolari tomonidan qilingan murojaatlar o‘rganilganda ularning oilada yagona boquvchi ekanligi aniqlanib va yuqoridagi sabablar inobatga olinib ushbu shaxslar ozodlikka chiqarilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 29-avgust kuni ham 30 nafarga yaqin gumonlanuvchilar oilasiga topshirilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter