«Roma» ishtirokidagi o‘yindan keyingi janjal bo‘yicha tekshiruv boshlandi
Yevropa konferensiyalar ligasi chorak finalining birinchi o‘yinida «Bude-Glimt» va «Roma» o‘rtasidagi bahs (2:1) natijalari bo‘yicha UYeFA tekshiruvni boshlagan.
Gap shundaki, o‘yindan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Xetil Knutsen va italyan jamoasi darvozabonlar bo‘yicha murabbiyi Nunu Santosh o‘rtasida nizo kelib chiqqan.
Italyan OAV tarqatgan xabarga ko‘ra, Knutsen «Roma» murabbiyiga hujum qilgan. Lekin Norvegiya klubi buni inkor etgan va barcha aybni Santoshga to‘nkagan.
Ayni paytda UYeFA voqeani o‘rganishga axloq va intizom bo‘yicha inspektorni tayinlagan.
Ushbu o‘yinda Eldor Shomurodov 65-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan va jamoasiga mag‘lubiyatdan qutulishga yordam bera olmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter