«Rolls-Royce» kompaniyasi 4600 kishini ishdan bo‘shatadi
Angliyaning mashhur «Rolls-Royce» kompaniyasi 2 yil mobaynida 4600 xodimini ishdan bo‘shatishni rejalashtirayapti. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniyaning Derbi shahridagi filialida asosan ma’murlar va ofis xodimlaridan 4600 nafari ishdan bo‘shatiladi.
Shu yil oxirigacha 500 xodim ishdan ketadi.
Kompaniya boshqaruvchilaridan Uorren Istning aytishicha, kompaniya serdoramad yo‘nalishda ham o‘zini sinab ko‘rish niyatida shunday yo‘l tutmoqchi.
Kompaniya kunlik ishlab chiqarishni tezlashtirish maqsadida ayrim xodimlardan voz kechmoqchi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter