Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Robot o‘zbek xalqini yangi yil bilan tabrikladi (video)

Robot o‘zbek xalqini yangi yil bilan tabrikladi (video)

«Robotjon».

Foto: «Youth.uz»

«Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»ga innovatsion tabrik yo‘llandi.

«Turin Invest Engineering» kompaniyasi yangi yil munosabati bilan o‘ziga xos videolavha tayyorladi. Ushbu lavhada yirik ko‘rgazmalarda «Robotjon» ismi bilan tanilgan robot o‘zbek xalqini yangi yil tabrikladi.

«Assalomu alaykum, men «Turin invest injiniring» innovatsion markazi a’zosiman. Men barcha o‘zbek xalqini kirib kelayotgan yangi – 2018-yil bilan muborakbod etaman. Sizlarga baxt-omad, tinchlik-totuvlik va xotirjamlik tilab qolaman. Kelgusi yilda ishlaringizda yuqori natijalarga erishishingizga tilakdoshman», deya tilak bildirdi «Robotjon».

Robotning ushbu tabrigini quyidagi videoda tomosha qilishingiz mumkin:

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring