Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Robert De Niro ayollarni kamsitganlikda ayblanmoqda

Robert De Niro ayollarni kamsitganlikda ayblanmoqda

Foto: «Variety»

Amerikalik aktyor Robert De Nironing sobiq hamkasbi Grem Cheyz Robinson super yulduzni ayollar diskriminatsiyasida ayblab, undan 12 million dollar da’vo qilmoqda. «Variety» portali ma’lumotiga ko‘ra, bunga De Nironing ayolga qarata aytilgan tahqirlovchi so‘zlari sabab bo‘lgan. Jumladan, u ayolni o‘zining idoradagi xotini deb aytganmish.

U erkaklar ayollar bilan bir xil huquqqa ega, degan fikrni qabul qilmaydi. Ishda ayollar diskriminatsiyasi qonunni buzishi xavotirga solmaydi. Miss Robinson — ana shunday munosabat qurboni, — deyiladi da’voda.

Shu bilan birga, portalning yozishicha, ayolga nisbatan De Nironing ham da’vosi bor. Avgustda uning kompaniyasi Robinsondan olti million dollar da’vo qilgan: uni firma pulini sarflaganlikda va mehnat intizomini buzganlikda ayblagan. Masalan, u ish joyida doimo «Netflix» kanalini tomosha qilganmish.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring