Bu sizni hayratlantirishi aniq: Rishtondagi «ajoyibotxona»dan fotoreportaj
Avval xabar berganimizdek, Farg‘ona hokimligi tashabbusi bilan jurnalist va ijodkorlar uchun viloyat bo‘ylab press-tur o‘tkazildi. Tadbir doirasida turli korxonalar, muzeylarga tashrif buyurildi. Shunday maskanlardan biri Rishton shahrida joylashgan Ravshan Tojiddinov kulolchilik ustaxonasi qizg‘in ish jarayoni, yaratilayotgan ajoyib buyumlari bilan e’tiborimizni tortdi.
Ravshan Tojiddinovning aytishicha, ustaxonada jami 70ga yaqin kishi mehnat qiladi, ularning aksariyati yoshlardan iborat. Yasalgan buyumlar dunyoning 24 davlatiga eksport qilinadi. Hatto bu yergan sayyohlar tashrif buyurib, o‘zlari ijodiy namunalar bilan tanishadilar.
Ustaxona ikki qavatdan tashkil topgan: birinchi qavatda ish jarayoni ketadi, ikkinchi qavat esa tayyor buyumlar galereyasidan iborat.
«Xabar.uz» muxbirlari ushbu maskandan fotoreportaj tayyorladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter