Rim papasi umrbod qamoq jazosini qoraladi
Rim papasi Fransisk umrbod qamoq jazosini yangi boshlanishlarga umidni cheklash deb hisoblaydi. Rim-katolik cherkovi yetakchisi 14-sentyabr, shanba kuni penitensiar politsiya vakillari bilan uchrashgani haqida TASS xabar berdi.
«Umrbod qamoq — muammoning yechimi emas, uning o‘zi muammo. Shuning uchun ham yangi boshlanishlarga huquqdan mahrum etmaslik kerak. Har bir jamiyat umidni saqlab qolishi, jazo umidga, yangi murosaga kelishga urinish huquqiga putur yetkazmasligini ta’minlash uchun bor imkoniyatini ishga solishi kerak», — dedi pontifik.
Fransiskning ta’kidlashicha, to‘lib-toshgan qamoqxonalar «tuzalish joyi» emas, balki «g‘azab-nafrat manbasi» bo‘lib qolaveradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter