Respublika tovar-xom ashyo birjasiga rais tayinlandi

Asadulla Qayumov «O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi» AJ boshqaruv raisi lavozimiga tayinlandi.
Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Qayumov Asadulla Urolovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Qo‘mitadagi amaliy faoliyatini yakunladi.
Asadulla Qayumov ilk faoliyatini 2007-yil Qo‘mitada yetakchi mutaxassis lavozimidan boshlagan va 2017-yilga qadar bosh mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari hamda boshqarma boshlig‘i lavozimigacha ko‘tarilgan. 2022-2025- yillarda Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat olib bordi.
Shuningdek, «Raqobat to‘g‘risida», «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida», «Reklama to‘g‘risida»gi Qonunlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining bir qancha farmon va qarorlari qabul qilinishi va takomillashtirilishiga o‘z hissasini qo‘shgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter