Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Reproduktiv salomatlik: onalar va bolalar o‘lmasin!»

«Reproduktiv salomatlik: onalar va bolalar o‘lmasin!»

Samarqandda «O‘zbekistonning reproduktiv salomatligi: kelajak uchun yutuqlar va rejalar» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.

Anjumanda reproduktiv salomatlik, akusherlik, perinatologiya, ginekologiya, reproduktologiya, bachadon bo‘yni saratoni skriningi va profilaktikasi bo‘yicha Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Shveysariya, Isroil, Janubiy Koreya,  Xitoy, Turkiya, Ukraina, Rossiya, Belarus, Tojikiston, Qozog‘iston va O‘zbekistondan 350 nafar mutaxassis ishtirok etmoqda. Ilmiy ma’ruzalar bilan boshlangan tadbir doirasida mahorat darslari, seminarlar va davra suhbatlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

«Xabar.uz» Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Natalya Nodirxonovaga O‘zbekistonda onalar o‘limi bilan bog‘liq savol bilan murojaat qildi.

 – Biz 2020 yilga nisbatan bu noxush holatlarni qariyb ikki martaga kamaytirdik. Lekin yanada kamaytirish imkoniyatlarini izlayapmiz, — dedi shifokor.

O‘zbekistonda 2020 yilda onalar o‘limi 155 tani tashkil qilgan edi.  

Konferensiya doirasida ko‘plab firma va tashkilotlar dori-darmonlari, tibbiy uskunalari ko‘rgazmalarini tashkil qilishgan. Ukrainalik mutaxassis «Ona yangi bir insonga jon bag‘ishlayotganda, murg‘ak go‘dak esa yashash uchun kurasha boshlaganda hayotdan ko‘z yumishi mumkin emas!» deydi.

Ertaga, konferensiya so‘ngida 3 ta xalqaro memorandium imzolanishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring