Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Renault avtokonserni Ukrainada dron ishlab chiqarishni rejalashtiryapti

Renault avtokonserni Ukrainada dron ishlab chiqarishni rejalashtiryapti

Bir muddat oldin Fransiya mudofaa vazirligi rahbari Sebastyan Lekornu mamlakatdagi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi Ukrainada dronlarni ishlab chiqarish loyihasini yo‘lga qo‘yishi haqida ma’lum qilgan, biroq kompaniya nomini aytmagan edi.

Franceinfo radiosining aniqlik kiritishicha, bu Renault avtomobil ishlab chiqaruvchisi bo‘lib, uchuvchisiz uchish apparatlari (UUA) ishlab chiqarish front chizig‘idan o‘nlab yoki yuzlab kilometr uzoqlikda joylashadi.

Sebastyan Lekornuning aytishicha, dronlar Ukraina uchun ishlab chiqariladi va Fransiya ulardan o‘z harbiylarini «doimiy taktik va tezkor tayyorgarlikdan o‘tkazish uchun» foydalanishi mumkin. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina korxonasida ishlash uchun Fransiya fuqarolarini jalb qilish rejalashtirilmagan.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Renault kichik va o‘rta mudofaa korxonalari bilan birgalikda UUA ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtiryapti. Renault ma’muriyati radio tahririyatiga Fransiya hukumati bu borada ular bilan bog‘langanini tasdiqlagan, lekin yakuniy qaror hali qabul qilinmaganini ham qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Turkiyaning Baykar kompaniyasi (Bayraktar dronlarini ishlab chiqaradi) Ukrainada dron ishlab chiqaruvchi zavod qurayotgani va Finlyandiyaning Summa Defence kompaniyalar guruhi tomonidan Finlyandiyada dronlar ishlab chiqarish bo‘yicha ukrainaliklar bilan qo‘shma korxona qurish rejalari haqida xabar berilgan edi.

Mart oyida Ukraina mudofaa vazirligi 2025-yilda dronlarni sotib olish hajmini uch baravarga oshirish va 4,5 million FPV-dronlarini sotib olish bo‘yicha shartnomalar tuzish rejalarini e’lon qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring