«Rembo»ning rafiqasi 25 yillik turmushdan so‘ng ajrashishni istamoqda
Mashhur aktyor Silvestr Stallonening rafiqasi, sobiq model Jennifer Flavin 25 yillik turmushdan keyin ajrashish uchun ariza berdi, deb yozadi TMZ nashri sud hujjatlariga tayanib.
Unda ajralish sababini ham keltirilgan.
Ajrashish to‘g‘risidagi ariza Florida shtati sudiga 19-avgust kuni berilgan. Flavin erini birgalikdagi jamg‘armalarini ataylab isrof qilganlikda ayblagan. Ayolning ta’kidlashicha, bu oila budjeti holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Flavin sarflangan mablag‘lar uchun moddiy kompensatsiya talab qiladi, shuningdek, aktyorning umumiy mulkni tasarruf etishni taqiqlovchi sud qarorini olishni xohlaydi.
Ajralishdan keyin Flavin Palm-Bichdagi uyiga egalik huquqini qo‘lga kiritishni kutmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter