«Real» Neymar evaziga «PSJ»ga bir nechta o‘yinchilarini taklif qilmoqchi
![«Real» Neymar evaziga «PSJ»ga bir nechta o‘yinchilarini taklif qilmoqchi](https://static.xabaruz.com/crop/3/9/720_460_95_3941676367.jpg)
Italiyaning «Sky Sport» telekanali xabar qilishicha, Madridning «Real» jamoasi Parijning «PSJ» jamoasiga braziliyalik forvard Neymar uchun bir nechta o‘yinchilarini taklif qilishi mumkin.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, kelishuvga o‘tgan yili «Oltin to‘p» mukofotini qo‘lga kiritgan xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich ham kiritilishi ehtimoli bor. Bu haqda ishonchli manba jurnalistlarga ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qirollik jamoasi rahbariyati kelishuvga kiritmoqchi bo‘lgan futbolchilar Parijga ko‘chib o‘tishni xohlashmayapti. Neymarning o‘zi esa sobiq jamoasi — «Barselona»ning taklifini kutishda davom etmoqda. Bu haqda OAV avval ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter