Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Real Madrid» bosh murabbiyi muammoga duch keldi

«Real Madrid» bosh murabbiyi muammoga duch keldi

«Real Madrid» klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelottining litsenziyasi muddati 2021-yilning 31-dekabrida o‘z nihoyasiga yetgan. Anchelotti yana jamoalarni boshqara olishi uchun UYeFA undan imtihon topshirishni talab qilmoqda.

Tashkilot 62 yoshli mutaxassisga litsenziya uzaytirilishi uchun ruxsatnoma olishi kerakligi borasida ogohlantirish xati jo‘natgan. Bu haqda «Football Italia» nashri xabar bermoqda.

Ispaniya futbol federatsiyasi va Madrid klubi rahbariyati UYeFA bilan bog‘lanib, faoliyati davomida 1200 ta o‘yin o‘tkazgan murabbiydan imtihon olish shart emasligini tushuntirgan.

UYeFA italiyalik murabbiyning litsenziyasi masalasida boshqa xabar e’lon qilmagan. «Karlo ota» nomi bilan mashhur Anchelotti ispan grandi bilan ligada yetakchilik qilmoqda.

Ma’lumot uchun, «Milan», «Chelsi», «PSJ» va «Bavariya» kabi klublarda ishlagan Anchelotti 21 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Italiyalik murabbiy 2021 yilning yozida «Real»ni qabul qilib olgan. Mutaxassis 2013—2015 yillarda ham «qirollik klubi»ni boshqargan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring