«Real Madrid» afsonalaridan biri 88 yoshida vafot etdi

Bugun, 18-yanvar kuni «Real Madrid» afsonalaridan biri Fransisko (Pako) Xento 88 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqida «AS» nashri ma’lum qildi.
Pako Xento futbol tarixida 6 ta Chempionlar Ligasida zafar quchgan yagona futbolchi hisoblanadi. Xento 1953yildan to 1971 yilgacha «qaymoqranglilar» sharafini himoya qilgan.
U 6 ta Chempionlar Ligasi, 12 ta La Liga bosh sovrini, 2 ta Qirol Kubogi, 1 ta Qit’alararo Kubok, 1 ta kichik jahon chempionati kubogi va 2 ta Lotin Amerikasi kubogini qo‘lga kiritgan.
U «Real» safida 600 ta o‘yinda maydonga tushib 182 ta gol urishga erishgan. Ispaniya terma jamoasi safida esa 43 ta uchrashuvda ishtirok etgan.
U klub tarixidagi eng sovrindor o‘yinchi hisoblanardi. Avvalroq Marselo Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritib uning rekordini takrorlagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter