«Real» eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisidan sotib qutulmoqchi
Ispaniyaning «Marca» nashri «Real Madrid» uelslik forvardi Garet Beylni Angliyaning «Nyukasl Yunayted» klubiga yigirma million yevroga sotmoqchi ekanidan xabar topdi. Nashrga bu haqda o‘z ishonchli manbasi ma’lum qilgan.
Manbaga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi Madriddan ketish niyatidamas, aks holda 2022-yilgacha amal qiluvchi sharnomadan tushadigan pullaridan quruq qoladi. Beyl — hozir qirollik klubida eng ko‘p maosh olayotgan futbolchi. Jamoa rahbariyati esa bu «og‘ir yuk»dan qutulish uchun hatto bozor bahosidan arzonga berib yuborishgayam rozi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter