Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Konsert berish uchun AQShga bormoqchi bo‘lgan Rayhon G‘aniyevaga viza berilmadi

Konsert berish uchun AQShga bormoqchi bo‘lgan Rayhon G‘aniyevaga viza berilmadi

Foto: «Afisha.uz»

O‘zbek shou-biznesi yulduzlaridan biri Rayhon G‘aniyeva viza berilmagani uchun AQShning Nyu-York shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan konsert dasturida ishtirok eta olmaydi. Xonanda bu haqda «Instagram»dagi sahifasida ma’lum qildi.

«Afsuski, menga viza berishni rad etishgani uchun 12-maydagi konsertda ishtirok etolmayman. 2009-yilda Amerikada bo‘lganimda bizdan vatandoshlarimiz uchun kuylab berishimizni iltimos qilishgandi. Biz faqat mehnat vizasi bilangina qo‘shiq kuylash mumkinligini bilmagandik. O‘shanda pul olmasdan kuylaganmiz. O‘zimiznikilarni, yaqinlarimizni xursand qilmoqchi edik. Afsuski buni huquqbuzarlik deb hisoblashdi va bu viza berishni rad etish uchun sabab bo‘ldi. Shohruhxon va Ziyodaga omad va muvaffaqiyatlar tilayman», — deb yozadi Rayhon Instagramdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, «Uzbek Stars» deb nomlangan konsert dasturi 12-may kuni bo‘lib o‘tadi. Dasturda Shohruhxon va Ziyoda chiqish qilishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring