Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasul Kusherbayev o‘ziga nisbatan fitna uyushtirilayotganini ma’lum qildi

Rasul Kusherbayev o‘ziga nisbatan fitna uyushtirilayotganini ma’lum qildi

Foto: «Xabar.uz»

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev o‘ziga nisbatan fitna va tuzoq uyushtirilayotgani haqida bayonot berdi.

«Men menga tegishli, deya talqin qilinayotgan tijorat tashkilotlari bo‘lsa, bunga hech qanday aloqam yo‘qligini bildirmoqchiman.

Ilgari ham meni norasmiy "shag‘al sexi" egasi ekanim haqida ma’lumotlar tarqatilishi ortidan buning yolg‘onligini isbotlashga ikki yilcha vaqtim ketgandi. Bu ham shunchaki navbatdagi fitna va tuzoq.

Afsuski jamiyatimizda bunaqa ishlar vaqti-vaqti bilan uyushtirib turilarkan.

Barcha, ayniqsa huquqni muhofaza qilish idoralari yana bir bor bilib qo‘yishlarini istardim: mening rasmiy ham, norasmiy ham tijorat tashkilotim yo‘q va bo‘lmagan. Shu jumladan, ekologiya yo‘nalishi bo‘yicha ham», deb yozadi Rasul Kusherbayev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring