Rasmiy munosabat: «Salla desa kallami tushunmadim?»
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB ijtimoiy tarmoqlarda «Salla desa kallami tushunmadim?» sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan ma’lumot berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi qo‘yidagilarni ma’lum qiladiki, O‘zbekiston Respublikasiga koronovirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining bayoniga asosan joriy yilning 28-iyunidan boshlab 12-iyuliga qadar Toshkent shahri qizil hudud deb belgilanganiligi sababli boshqa viloyatlardan Toshkent shahriga keluvchi transport vositalarining harakatiga ayrim cheklovlar belgilangan.
Ushbu cheklov quyidagi holatlarga tatbiq etilmaydi:
- barcha turdagi yuk tashish, shuningdek, qurilish materiallari, yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini har qanday avtotransport vositalarida hamda «O‘zbekiston pochtasi» AJning pochta jo‘natmalarini tashish bilan bog‘liq hollarga;
- Toshkent shahrida doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga;
- Toshkent shahrida doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) chet el fuqarolariga;
- O‘zbekiston Respublikasiga turist bo‘lib kelgan chet el fuqarolariga va ularni olib kelayotgan avtotransport vositasining haydovchisi hamda agar guruhli jamoa bo‘lsa, tarjimon yoki turistik firma vakiliga;
- davolanish uchun tashrif buyurayotgan shaxslarga;
- Toshkent xalqaro aeroporti orqali xorijiy mamlakatga uchib ketuvchi shaxslarga (aviachipta bo‘lgan taqdirda);
- Toshkent shahrida doimiy faoliyat yurituvchi, hududlardan keladigan shaxslarga (ish joyi to‘g‘risida tasdiqlovchi hujjat bo‘lgan taqdirda);
- sog‘liqni saqlash tizimi va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlariga.
Fuqarolarga shuni ma’lum qilamizki, qizil hudud — deb belgilanmagan viloyatlarda transport vositalari harakatlariga hech qanday cheklovlar joriy etilmagan.
Barcha harakati ishtirokchilaridan ushbu karantin cheklovlarni to‘g‘ri tushunishlari va karantin qoidalariga amal qilishlari so‘raladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter