Rasman: «ZTE» smartfonlar savdosini to‘xtatdi
Ekspertlar fikricha, «ZTE» AQSh va Xitoy o‘rtasidagi «yangi sovuq urushi»ning ilk qurboniga aylanishi mumkin, deb xabar berdi «NV.ua».
Xitoyning «ZTE» kompaniyasi unga AQShda ishlab chiqarilgan ehtiyot qismlardan foydalanishga taqiq qo‘yganidan so‘ng, «o‘zining yirik operatsion faoliyati»ni to‘xtatishga qaror qildi.
«ZTE» 9 may kuni «asosiy operatsiyalari»ni to‘xtatdi. Kompaniyaning Shenchjendagi zavodida ishlab chiqarish to‘xtatildi, ishchilar esa hozirda o‘zlariga ajratilgan yotoqxonalarda qolmoqda. «ZTE» aksiyalari bilan savdo qilish ham bir necha haftaga to‘xtatilgan.
Kompaniya matbuot kotibi ushbu vaziyatga izoh berishdan bosh tortgan. Afrika va Yaqin Sharqada 220 million odamga xizmat ko‘rsatuvchi «MTN» mobil operatori «o‘zining «ZTE»ga bo‘lgan sadoqatini hisobga olgan holda» kutilmagan vaziyatlar uchun reja qurmoqda.
Smartfonlarning «Taobao ot Alibaba Group» maydonida sotilishi to‘xtagan, biroq «Aliexpress»da ayrim modellarni topish mumkin. Shuningdek, «ZTE»ning onlayn-do‘koni ham yopilgan.
«ZTE» kompaniyasi dunyoning 160 mamlakatida o‘z biznesini yuritadi, xodimlar soni 75 000 dan ortiqni tashkil etadi. Amerika bozorida kompaniyaning ilk smartfonlari 2011-yilda kirib kelgan. Kompaniyaning AQSh bozoridagi ulushi 25 foizni tashkil etgan. Bundan tashqari «ZTE» Milliy basketbol assotsatsiyasining bir nechta jamoasiga homiylik qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter