Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman! Kaliforniyada qonuniy ravishda marixuana sotilmoqda

Rasman! Kaliforniyada qonuniy ravishda marixuana sotilmoqda

Foto: «LA Weekly»

1-yanvardan boshlab Kaliforniyada marixuana sotish ishlari rasman boshlandi. Yangi yildan kuchga kirgan qonunga ko‘ra, giyohvand moddalarni kattalar, ya’ni 21 yoshga kirganlar sotib olishlari mumkin. Ularga faqat 28 gramm marixuana xarid qilishga ruxsat beriladi. Shuningdek, o‘simlikning 6 tupini shifokor ruxsatisiz uyda o‘stirish mumkin.

Qonunda bir qator cheklovlar ham ko‘zda tutilgan. Jumladan, tashkilot marixuana sotishi uchun maxsus litsenziya olishi kerak. Hozircha unga 40 ta kompaniya ega bo‘ldi. Qolaversa, marixuanani kechgi va tungi 22:00 dan 06:00 gacha sotish taqiqlanadi.

Kaliforniyada marixuana savdosiga AQShda prezident saylovi bilan bir vaqtda 2016-yilda shtatda o‘tkazilgan saylovdan so‘ng ruxsat berilgandi. Biroq marixuanani butun shtat bo‘ylab sotish taqiqlangan. Bir qator tumanlarda giyohvand moddalarni sotish va yetishtirish uchun mahalliy qonunlar mavjud.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring