Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman: BMT Bosh kotibi 30-iyun – 1-iyul kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Rasman: BMT Bosh kotibi 30-iyun – 1-iyul kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish 30-iyun – 1-iyul kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Oliy martabali mehmonning tashrifi doirasida Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Kun tartibidan O‘zbekistonning BMT va uning institutlari bilan ko‘p qirrali hamkorligini yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari, shuningdek, global siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari o‘rin olgan. Mamlakatimizda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratiladi.

Tashrif davomida BMT Bosh kotibi qator sanoat va ijtimoiy soha ob’yektlarini ham borib ko‘radi, ikki tomonlama uchrashuv va tadbirlar o‘tkazadi.

Avvalroq Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrishning Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘ylab safari 29-iyun kuni boshlanishi haqida BMT manbasi xabar bergandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring