Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman: Baxtiyor Islomov Oliy sud raisi etib saylandi

Rasman: Baxtiyor Islomov Oliy sud raisi etib saylandi

Bugun, 10-avgust kuni Oliy Majlis Senatining o‘ttizinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan yalpi majlisni Senat Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.

Dastlab senatorlar Prezident tomonidan kiritilgan Oliy sud raisining vakolatini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risidagi taqdimnoma muhokama qilindi. 

Senat majlisida ta’kidlanishicha, Oliy sud raisi vazifasida ishlab kelgan K. Kamilov salomatligi tufayli o‘z xohishi bilan egallab turgan lavozimidan ozod etishni so‘rab murojaat qilgan.

Bo‘lib o‘tgan muhokamalardan so‘ng K. Kamilovni Oliy sud raisi lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, majlisda Prezident tomonidan taqdim etilgan Oliy sudi raisligiga nomzod muhokama qilindi va muhokama yakunida senatorlar tomonidan sud tizimida hamda ma’muriy organlarda rahbarlik lavozimlarida ko‘p yillar mobaynida ishlab kelgan Baxtiyor Djaxangirovich Islamov Oliy sud raisi etib saylandi.

Ushbu masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.

Shuningdek, majlisda Konstitutsiyaviy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Unga ko‘ra, Prezident tomonidan taqdim etilgan Konstitutsiyaviy sudning yangi tarkibi senatorlar tomonidan ma’qullandi va nomzodlar yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.

Bunda yangi saylangan tarkib Konstitutsiyaviy sudning amaldagi tarkibi o‘z faoliyatini yakunlaganidan so‘ng ishga kirishishi belgilandi.

Shuning bilan Senatning o‘ttizinchi yalpi majlisi yakunlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring