Rashkchi xotin taksichi erini mashina yukxonasidan poylashga qaror qildi — Meksika (Foto)
Meksika poytaxti Mexikoda istiqomat qiluvchi ayol taksichi erini poylash uchun o‘g‘li bilan mashina yukxonasiga yashirinib oladi, deb yozadi «Lenta.ru».
Rashkchi xotin tungi smena vaqtida erining iziga tushishga qaror qiladi. Kris Astudilo ismli mijozning aytishicha, taksi haydovchisi yukxonadan g‘alati tovush kelayotganini eshitib qoladi.
Haydovchi yukxonani ochganda, ne ko‘z bilan ko‘rsinki, u yerda xotini bilan o‘g‘li yotibdi. Ayol baqir-chaqir qilib, shu zahoti old o‘rindiqqa o‘tirib oldi.
Astudilo bo‘layotgan voqea-hodisani suratga olib, «Facebook»ga joylaydi.
— Tasavvur qiling, taksida ketyapsiz, birdan erining ortidan poyloqchilik qilib yurgan haydovchining xotini yukxonaga yashirinib olganini ko‘rib qolasiz! — deydi u.
— Uni farzandi to‘g‘risida qayg‘urishdan ko‘ra eriga poyloqchilik qilish ko‘proq tashvishga soladi. U bolani parvarish qilishga tayyor emas, — deb yozadi «Facebook» foydalanuvchilaridan biri.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter