Raqamli texnologiyalar vaziri Dubai Internet City hamda TYeCOM Group mas’ul vakillari bilan uchrashdi
O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tgan Jahon hukumatlari sammiti (World Government Summit) doirasida Dubai Internet City texnologiya markazi hamda TECOM Group mas’ul vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda joriy yilda Dubay Amirligida (Dubai Internet City yoki Dubai Outsource City da) IT-Parkning rasmiy vakolatxonasini ochish hamda IT-Park rezidentlarining yuqorida nazarda tutilgan sohalar bo‘yicha faoliyatini kengaytirish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, Dubai Internet City misolida IT-Parkni xususiylashtirish takliflari bildirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter