Raqamli markirovka operatorlari Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida dorilarni yetkazib berishni soddalashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi

«Innoprom»da CRPT Operatori va CRPT Turon Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida dorilarni yetkazib berishni soddalashtirish bo‘yicha asosiy hujjatni imzoladi.
Bu Rossiya va O‘zbekistonning sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorligini rivojlantirishda muhim qadamdir. Hujjat ikki davlat o‘rtasida dori vositalari markirovka kodlarini o‘zaro tan olishni nazarda tutadi.
«Bu qadam 2024 yil 9 sentyabrda Toshkentda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida imzolangan kelishuvning davomi hisoblanadi. Hujjat Rossiyaning «Chestniy znak» markirovkalash tizimi va O‘zbekistonning ASL BELGISI tizimi o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvini nazarda tutadi. Bu mamlakatlarimiz o‘rtasida dorilarni yetkazib berishni sezilarli darajada osonlashtiradi», - deya izoh berdi CRPT direktorlar kengashi a’zosi Aleksandr Demyanov.
Markirovka tizimi operatorlari axborot hamkorligi reglamentini ishlab chiqdilar: unda ma’lumotlar almashish tartibi va muddatlari, uzatiladigan ma’lumotlar tarkibi belgilangan. «Innoprom»da hujjatning texnik, yakuniy qismi imzolandi. Imzolash kodlarni o‘zaro tan olish mexanizmining to‘liq amalga oshirilishini ta’minlaydi.
«Hujjat 2025 yil 1 maydan kuchga kiradi. Bu Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim voqeadir. Markirovka kodlarini o‘zaro tan olish nafaqat logistika va dori vositalarini yetkazib berishni soddalashtiradi, balki ikki mamlakat farmatsevtika bozoriga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi», - dedi CRPT TURON bosh direktori Anatoliy Bachikalov.
Ma’lumot uchun:
Istiqbolli texnologiyalarni rivojlantirish markazi (ITRM yoki CRPT) operatori bo‘lgan «Chestniy Znak» davlat markirovka tizimi Rossiyada 2019 yildan boshlab bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Uning maqsadi bozorda mahsulotlarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashishdir. Bugungi kunda markirovka 27 ta tovar guruhini qamrab oladi, yana 13 tasida bepul ixtiyoriy tajribalar o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter