Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raqamli iqtisodiyot yo‘nalishida o‘qiganlarga sertifikatlar topshirildi (video)

Avval xabar berganimizdek, 21 fevral kuni «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» DUK rahbar-xodimlari malakasini oshirish uchun 5 kunlik o‘quv seminari boshlangan edi.

Qayd etilishicha, «RRTM» DUKning viloyatlardagi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining raqamli iqtisodiyot rivojlantirishdagi o‘rni» mavzuiga bag‘ishlangan o‘quv mashg‘ulotlarida faol ishtirok etdi.

Korxonada boshqaruv samaradorligini oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlari qiziqarli tarzda o‘tdi. Kuni kecha, 25 fevral kuni ushbu seminar yakuniga yetdi va tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Jamol Maxsudov, «RRTM» DUK bosh direktori Murodjon Sobirov, «M-Factor» MChJ asoschisi Hasan Mamasaidovlar ham so‘zga chiqishdi.

– Korxonada 1056 nafar xodim mehnat qilayotgan bo‘lsa, joriy yilda ularning 40 foizining malakasini oshirish rejalashtirilgan, – deydi «RRTM» DUK personalni boshqarish xizmati boshlig‘i Nargiza Gadaybayeva. – Bu jarayonga barcha xodimlar, rahbarlardan tortib to texnik mutaxassislargacha, oliy o‘quv yurtini tugallab kelgan yosh kadrlargacha jalb qilinadi. Albatta, bunday amaliy mashg‘ulotlar kadrlarimizning mehnat samaradorligini oshirishiga ishonamiz.

 

Eslatib o‘tamiz, ushbu maxsus kurslar «M-Factor» MChJ bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring