Ra’no Yarasheva og‘ir judolikka uchradi
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarasheva og‘ir judolikka uchradi. Kecha, 31 may kuni uning otasi Sayfullo hoji Yarashev 96 yoshida vafot etdi.
Sayfullo hoji Yarashev 1928 yilning 13 sentyabrida Samarqandda tavallud topgan. U umrini ta’limga bag‘ishladi, maktabda o‘qituvchi, so‘ng direktor, tuman xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan. Nafaqaga chiqqandan so‘ng Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrining «Kunjupay» MFYga raislik qilgan.
Sayfullo hoji Yarashev 9 farzandning otasi (4 o‘g‘il 5 qiz), 31 nabira, 62 evara, 2 chevaraning bobosi edi. Ra’no Yarasheva farzandlar orasida to‘rtinchisi, uch o‘g‘ildan keyin to‘ng‘ich qiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter