Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Range Rover»ga «migalka» o‘rnatgan shovvoz jazolandi

«Range Rover»ga «migalka» o‘rnatgan shovvoz jazolandi

Videodan kadr.

Ijtimoiy tarmoqda «Range Rover» rusumli avtomobilga ruxsat etilmagan moslama, ya’ni «migalka» o‘rnatilganligi aks etgan video tarqaldi.

Video yuzasidan Namangan viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilgan. 

Ushbu «Range Rover» avtomobili haydovchisiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 127-moddasi ikkinchi qismi tartibida bayonnoma tuzilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring